Hurmatli fuqarolar, avtotransport vositalari haydovchilari!
2025-11-06 18:20:00 / Yangiliklar

Shu yilning 8-9 noyabr — shanba va yakshanba kunlari Toshkent viloyati bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida katta hashar tashkil etilmoqda.
Hashar kunlari hududlardagi avtomobil yo‘llari yoqalarida, xususan, M-39, A-373 kabi xalqaro ahamiyatdagi yirik avtomagistrallar bo‘ylarida keng ko‘lamda ko‘chat ekish hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Hashar kunlarida yo‘llarda hasharchilar harakati faollashishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan, yo‘l chetlarida avtotransport vositalarining to‘xtab turishi ta’qiqlanadi. Harakatlanish vaqtida yo‘l harakati qoidalari, xussusan, tezlik me’yorlariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz.
Har birimiz fuqarolik burchimizni chuqur his qilgan holda, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimiz tabiatini asrash, hududlarimizni yanada yashil va obod qilishga hissa qo‘shaylik!
