RAHBAR VA YOŞLAR: OOÇIQ MULOQOT, SAMIMIY SUHBAT
2026-11-19 11:15:00 / Yangiliklar

Bugun, yoşlar kuni munosabati bilan Toşloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev tuman Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi tasarrufidagi 15-umumta’lim maktabida öquvçi-yoşlar bilan «Rahbar va yoşlar» uçraşuvini ötkazdi.
Muloqot davomida hokim öquvçilar bilan samimiy suhbatlaşib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Yoşlar öz orzu-maqsadlari, kelajak rejalari, ta’lim jarayonidagi qiziqişlari hamda mavjud muammolari yuzasidan fikr bildirdilar.
Şuningdek, yoş avlodning Vatanga muhabbat, yurt taqdiriga daxldorlik, mas’uliyat va taşabbuskorlik ruhida kamol topişi, kitobxonlik, zamonaviy bilimlar va xorijiy tillarni örganişning ahamiyati haqida fikr almaşildi.
Uçraşuv davomida tuman hokimi yoşlarni kitob mutolaasiga yanada keng jalb etiş, ularning bilim va dunyoqaraşini boyitiş maqsadida öquvçilarga badiiy va ma’rifiy kitoblarni sovğa qildi. Bu e’tibor yoşlar uçun nafaqat esdalik, balki mutolaaga bölgan qiziqişni oşirişga qaratilgan rağbat ham böldi.
Uçraşuvda yoşlarning har bir taklifi va murojaati tinglanib, kötarilgan masalalarni hal etiş yuzasidan tegişli mas’ullarga topşiriqlar berildi.
Bunday oçiq muloqotlar yoşlarning öz fikrini erkin ifoda etişi, rahbarlar bilan bevosita muloqot qilişi hamda kelajak rejalarini amalga oşirişda zarur kömak olişi uçun muhim maydon bölib xizmat qiladi.






