RAHBARLAR QANDAY KITOBLAR ÖQIYDI?
2026-11-19 10:10:00 / Yangiliklar

Toşloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev bilan uçraşuvda yoş kitobxonlardan biri tomonidan aynan şunday savol örtaga taşlandi.
Yoşlar örtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, mutolaa orqali ularning dunyoqaraşi va bilim salohiyatini oşiriş maqsadida «Yoş kutubxonaçi»lar bilan uçraşuv taşkil etildi.
Muloqot davomida yoşlar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Xususan, rahbarlik mas’uliyatini zimmasiga oliş, kelajakda rahbar bölişni maqsad qilgan yoşlar qanday kitoblarni mutolaa qilişi kerakligi haqida fikr almaşildi.
Toşloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev yoş kitobxonlar bilan suhbatda rahbarlik faoliyatida asqatadigan, insonning dunyoqaraşi, tafakkuri, boşqaruv qobiliyati va yetakçilik salohiyatini şakllantirişga xizmat qiladigan kitoblar haqida tavsiyalar berdi.
Uçraşuv samimiy muloqot, fikr almaşiş va kitob mutolaasiga bölgan qiziqişni yanada oşiriş ruhida ötdi.





