TOŞLOQ TUMANI HOKIMI FUQAROLAR MUROJAATLARINI TINGLADI
2026-11-17 13:15:00 / Yangiliklar

Toşloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev navbatdagi fuqarolar qabulini ötkazdi.
Qabul davomida turli masalalar yuzasidan murojaat bilan kelgan fuqarolarning taklif va muammolari atrofliça tinglandi. Jumladan, iş bilan ta’minlaş, ijtimoiy kömak, uy-joy, yer ajratiş, kommunal xizmatlar hamda boşqa dolzarb masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlarga alohida e’tibor qaratildi.
Har bir murojaatni joyida örganiş, mavjud muammolarga qonuniy yeçim topiş va fuqarolarning huquq hamda manfaatlarini ta’minlaş böyiça mas’ul taşkilot va idoralar rahbarlariga tegişli topşiriqlar berildi.
Ayrim murojaatlar yuzasidan şu joyning özida tuşuntirişlar berilgan bölsa, qöşimça örganiş talab etiladigan masalalar ijroga yönaltirildi.
Hokimlik tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan işlaş, ularning muammolarini öz vaqtida hal etiş va aholi bilan oçiq muloqotni mustahkamlaş borasidagi işlar izçil davom ettirilmoqda.


