70 YILLIK ORZU
2026-10-23 10:05:00 / Yangiliklar

Kuni kecha «Chek» MFYda asfalt yotqizish ishlari boshlandi. Ilgari loy va changga to‘lib yotgan ko‘chalar ravon, tekis yo‘llarga aylanmoqda. Endi mahalla aholisi yillar davomida kutgan qulaylikdan bahramand bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshloq tumanidagi «Chek», «Teraktagi» va «Ko‘liariq» MFYlarida ham aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelgan yo‘l muammolari mavjud edi. Mahalla ahlining faolligi va tashabbusi tufayli ushbu hududlardagi loyihalar ham «Ochiq byudjet»da g‘olib deb topildi.
Natijada mazkur uchta mahallada jami 18,1 kilometr yo‘lni asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu esa aholi faolligi, birdamlik va tashabbuskorlik orqali yillar davomida yechimini kutayotgan muammolarni hal etish mumkinligini yana bir bor ko‘rsatadi.







