TOSHLOQDA «RAHBAR VA YOSHLAR» UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
2026-09-04 11:35:00 / Yangiliklar

Bugun Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev ishtirokida tumandagi yoshlar bilan «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi o‘tkazildi.
Ochiq muloqot ruhida tashkil etilgan uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan muammolar, ularning taklif va tashabbuslari, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan murojaat qilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha takliflarini bildirdi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan amaliy yechimlar belgilab olindi.
Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport va madaniy tadbirlarga keng jalb qilish, zamonaviy kasblar hamda xorijiy tillarni o‘rganishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ham fikr almashildi.
Tuman hokimi yoshlarning har bir tashabbusi va taklifi e’tibordan chetda qolmasligi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarini hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida bildirilgan taklif va murojaatlarning ijrosi mas’ullarga biriktirilib, belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi nazoratga olindi.


