BUGUN — YOSHLAR KUNI!
2026-08-20 11:25:00 / Yangiliklar

Toshloq tumanida Yoshlar kuni munosabati bilan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kira olmagan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir tumandagi 2-umumta’lim maktabining faollar zalida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tumandagi texnikumlar rahbarlari ishtirok etib, o‘z ta’lim muassasalarida mavjud yo‘nalishlar, yaratilgan imkoniyatlar, o‘qish jarayoni va yoshlar uchun taklif etilayotgan kasb-hunarlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusida qaysi kasbni egallash va qaysi ta’lim yo‘nalishida o‘qish bo‘yicha o‘z tanlovlarini muhokama qildilar.
Ayrim yoshlar texnikumlardagi mavjud yo‘nalishlarga qiziqish bildirib, o‘zlari istagan mutaxassislik bo‘yicha tahsil olishga qaror qildilar. Ularga hujjat topshirish tartibi tushuntirilib, shu yerning o‘zida hujjatlarni tayyorlash ishlari amalga oshirildi.
Uchrashuv yoshlarga oliy ta’limga kira olmagan taqdirda ham ta’limni davom ettirish, zamonaviy kasb va mutaxassislik egallash uchun keng imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatdi.
Eng muhimi, har bir yoshning o‘z kelajagiga ishonch bilan qadam qo‘yishi, kasb egallab, jamiyatda munosib o‘rin topishi uchun imkoniyatlar yaratilmoqda.






