BUGUN — YOSHLAR KUNI!
2026-08-20 10:10:00 / Yangiliklar

Toshloq tumanida Yoshlar kuni munosabati bilan tumandagi rahbarlar ishtirokida Markaziy kutubxonada «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi.
Unda tumanning faol, tashabbuskor va iqtidorli yoshlari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar, muammo va takliflarini mas’ul rahbarlarga ochiq bayon qildilar.
Uchrashuv davomida yoshlarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ta’lim olish, kasb-hunar egallash, sport va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Murojaatlarning har biri mas’ullar tomonidan tinglanib, ayrim masalalarga joyida yechimlar taklif etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bugun yoshlarga berilayotgan e’tibor — ertangi taraqqiyotimizga qo‘yilayotgan mustahkam poydevordir. Zero, yoshlarning orzu va maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun imkoniyat yaratish — barchamizning muhim vazifamizdir.



