BUGUN: TOSHLOQ TUMANI HOKIMI FUQAROLAR QABULINI O‘TKAZDI
2026-08-19 11:10:00 / Yangiliklar

Bugun Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida tuman aholisi o‘zlarini qiynayotgan turli masalalar yuzasidan murojaat qildi. Fuqarolarning murojaatlari asosan ishga joylashish, ijtimoiy masalalar, uy-joy, yer munosabatlari, kommunal xizmatlar hamda boshqa muammolar bilan bog‘liq bo‘ldi.
Tuman hokimi har bir murojaatni batafsil tinglab, muammolarni joyida o‘rganish va qonuniy yechimini topish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Fuqarolar qabulida ko‘tarilgan masalalarning ijrosi mas’ul mutasaddilar tomonidan nazoratga olinib, murojaatlarning ijobiy hal etilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini bevosita o‘rganish, ularni tezkor hal etish hamda fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.



