YANGI TAYINLOV
2026-08-14 10:10:00 / Yangiliklar

Ilyosjon Abdurahmonov Toshloq tumani hokimi o‘rinbosari — investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Abdurahmonov Ilyosjon Abduqodir o‘g‘li 1991-yil 24-dekabrda Rishton tumanida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli.
U tayinlovga qadar Marg‘ilon shahar investitsiyalar, sanoat va savdo sho‘’basida bosh mutaxassis lavozimida faoliyat olib borgan.
Toshloq tumani hokimligi jamoasi Ilyosjon Abdurahmonovni yangi lavozim bilan muborakbod etib, mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
