TOSHLOQ TUMANIDA OZARBAYJONLIK TADBIRKORLAR BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2026-04-16 17:00:00 / Yangiliklar

Bugun Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djuraev Ozarbayjon Respublikasidan tashrif buyurgan tadbirkorlar delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mehmonlar tumanda qishloq xo‘jaligi sohasida erishilayotgan natijalar, yetishtirilayotgan mahsulotlar sifati hamda eksport salohiyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga, xususan Rossiya bozoriga yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi.
Tadbirda tomonlar meva-sabzavot mahsulotlari, poliz ekinlari hamda qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish va eksport qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Shu bilan birga, logistika, saqlash va yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Tumandagi fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlar bilan bevosita hamkorlik o‘rnatish, mahsulotlarni barqaror xarid qilish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.


