








Joriy yilning 6–10 aprel kunlari Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida bolalar, o‘smirlar hamda kattalar o‘rtasida sportning O‘zbek jang san’ati turi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur xalqaro musobaqa 17 ta davlatdan tashrif buyurgan eng kuchli sportchilar ishtirokida yuqori saviyada tashkil etildi. Bellashuvlar keskin va murakkab raqobat muhitida o‘tib, har bir ishtirokchi o‘z mahoratini to‘liq namoyon etishga harakat qildi.
Ushbu nufuzli chempionatda Toshloq tumani sport maktabi tarbiyalanuvchilari ham munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdilar. Ular xalqaro maydonda tuman sharafini munosib himoya qilib, bir qator sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, sportchilarimiz quyidagi natijalarga erishdilar:
Toshloq tumani sport maktabi tarbiyalanuvchilarining ushbu yutuqlari hududda sportni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasini yaqqol namoyon etmoqda.
Kelgusida ham sportchilarimiz xalqaro va nufuzli musobaqalarda yanada yuqori natijalarga erishib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlariga ishonch bildiramiz.