TOSHLOQ TUMANIDA BITIRUVCHILAR BANDLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA KASB-HUNAR TEXNIKUMLARI KO‘RGAZMASI O‘TKAZILDI
2026-04-16 16:10:00 / Yangiliklar

Bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashish maqsadida tumandagi kasb-hunar texnikumlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda bir nechta tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar. Ko‘rgazmada tumandagi texnikumlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar, o‘quv jarayonida erishilgan natijalar va amaliy ko‘nikmalar namoyish etildi.
Tadbir davomida bitiruvchilarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari, imtiyozli kreditlar va davlat dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, korxona va tashkilotlar vakillari tomonidan yosh mutaxassislarni ishga jalb etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Ko‘rgazma jarayonida yoshlar o‘zlari tanlagan kasblari bo‘yicha amaliy ishlanmalarini taqdim etib, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu esa ularning kelajakdagi faoliyat yo‘nalishini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Tadbir yakunida mas’ullar tomonidan bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va kasbiy rivojlanishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish lozimligi alohida ta’kidlandi.





