“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi
2026-03-13 11:45:00 / Yangiliklar

“Ushbu xayriya hasharida tuman hokimligi, tashkilot va muassasalar xodimlari, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdilar. Hashar davomida mahalla ko‘chalari, yo‘laklar, ariq va zovurlar tozalandi, atrof-muhitni obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Shuningdek, mahallalar hududidagi yashil maydonlar tartibga keltirilib, daraxtlar parvarish qilindi, hududlar obodonlashtirildi hamda aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratishga alohida eʼtibor qaratildi.
Xususan, tuman hududida joylashgan qabristonlar ham obodonlashtirilib, ularda tozalash ishlari olib borildi, yo‘laklar tartibga keltirildi va atrof-muhiti pokiza holatga keltirildi.
Bunday xayriya hasharlari aholi o‘rtasida birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash, mahallalar obodligini taʼminlash hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.”





