“Toshloq tumanida muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik tadbiri”
2026-03-11 20:30:00 / Yangiliklar

“Iftorlik dasturxoni atrofida jam bo‘lganlar avvalo yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, xalqimizning farovonligi va barakasi uchun duo qilishdi. Nuroniylar tomonidan yosh avlodni vatanparvarlik, mehr-oqibat va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, millatlar o‘rtasidagi hamjihatlikni yana-da mustahkamlash haqida samimiy fikrlar bildirildi.
Tadbir davomida hozir bo‘lganlar Ramazon oyining inson qalbiga ezgulik, sabr-toqat va bag‘rikenglik tuyg‘ularini olib kirishi haqida so‘z yuritishdi. Ayniqsa, ehtiyojmand oilalarga yordam berish, saxovat va muruvvat ishlarini kengaytirish bu oyning eng ulug‘ fazilatlaridan biri ekani taʼkidlandi.
Iftorlik dasturxoni milliy taomlar va shirinliklar bilan bezatildi. Samimiy suhbatlar, ezgu tilaklar va duolar bilan o‘tgan ushbu tadbir ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Bunday xayrli tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va birdamlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qilishi alohida qayd etildi.”






