“Toshloq tumani hokimi fuqarolar qabuli”
2026-03-10 17:05:00 / Yangiliklar

"Qabul davomida tuman aholisini o‘ylantirayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va maishiy masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Unda tuman hokimligi mutasaddilari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etib, murojaatlarning joyida hal etilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Qabul davomida fuqarolardan ish bilan ta’minlash, yer ajratish, uy-joy masalalari, kommunal xizmatlar sifati, yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, ijtimoiy yordam ko‘rsatish kabi qator dolzarb masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. Har bir murojaat chuqur o‘rganilib, mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
Tuman hokimi Abduqahhor Jo‘raboyev fuqarolar murojaatlari bilan ishlash davlat organlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini, har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini ta’kidladi. Shuningdek, mutasaddi rahbarlarga aholi bilan muloqotni yanada kuchaytirish, joylardagi muammolarni o‘z vaqtida o‘rganib, ularni tizimli hal etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.




