Uchtepa tuman Madaniyat markazida “Oila jamiyat va davlat muhofazasida” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
2024-03-27 14:30:00 / Yangiliklar

Bugun, Uchtepa tuman Madaniyat markazida “Oila jamiyat va davlat muhofazasida” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Toshkent shahar hokimligi Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Toshkent shahar sudi tashabbusi bilant tashkil etilgan bo‘lib, unda Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining sudyalari, tumanlararo sud raislari, tuman hokimlari o‘rinbosarlari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshliqlari, tuman Adliya bo‘limlari boshliqlari, FHDYo bo‘limlari boshliqlari, tuman prokuraturalari, tuman IIB vakillari, “Oqila ayollar” harakati yetakchilari va a’zolari, mahalla faollari ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni o‘zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’ulligi hissi asosida qurish, biron-bir shaxsning oila masalalariga o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik, oila a’zolari o‘z huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirishi hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlash borasida so‘z yuritildi.







