Sergeli tumanida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kasb-xunarga o‘qitish va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida “Mehnatdan kelsa boylik - turmush bo‘lar chiroyli” shiori ostidagi seminar-treningi hamda “Xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatli
2024-03-26 17:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli qarori ijrosi yuzasidan, Sergeli tumanida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kasb-xunarga o‘qitish va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida “Mehnatdan kelsa boylik - turmush bo‘lar chiroyli” shiori ostidagi seminar-treningi hamda “Xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-376-sonli qaroriga asosan “Daryo bo‘yi” mahallasida “Xotin qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash” markazi ochilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan tadbirda Toshkent shahar hokimligi, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan Xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, turmush farovonligini yuksaltirish, tadbirkorligini qo‘llab quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan motivatsion uchrashuvi, Xotin-qizlar bandligini ta’minlash va kasbga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha Sergeli tuman bo‘limining reja taqdimoti, AT “Xalq bank” Sergeli bank xizmatlar markazining “Loyihalar fabrikasi” taqdimoti, Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni bandligini ta’minlash bo‘yicha yaratilgan ish o‘rni bilan tanishish, “Yangi Sergeli” mahallasida Toshkent shahar Tadbirkorlik markazi tomonidan tadbirkorlikka o‘qitilgan xotin-qizlarni sertifikat bilan taqdirlash, “Qut baraka” mahallasidagi “Xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash” markazida Qandolatchilik yo‘nalishi faoliyati va yaratilgan ish o‘rinlari shart-sharoitlari bilan tanishildi.





