Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzakov boshchiligidagi poytaxt delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga ishchi tashrifni amalga oshirmoqda.
2024-01-20 09:00:00 / Yangiliklar
Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzakov boshchiligidagi poytaxt delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga ishchi tashrifni amalga oshirmoqda.
Tashrif buyurilgan birinchi shaharlardan biri XXRning ishbilarmonlik markazi — Shanxay bo‘lib, shahar ma’muriyati delegatsiya ishtirokchilarini madaniy obyektlarni boshqarish, shahar rejalashtirilishi va qurilishi borasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Xususan, xaytek tarmog‘ining yetakchi kompaniya va brendlarini jalb qilgan holda tarixiy obidalarning renovatsiyasi va ularga yangi hayot baxsh etish tajribasi alohida qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, shahar rejalashtirilishi va qurilishi borasidagi yutuqlarni aks ettiruvchi Xitoydagi ilk Markazda Shanxay shahrining qurilishi, tabiati, ekotizimining o‘tmishi, buguni va kelajagi namoyish etilgan bo‘lib, 2035-yilgacha rivojlanish bosqichlari alohida mavzu sifatida taqdim etilgan.
Delegatsiya a’zolari obyektlarni restavratsiya va parvarish qilish jarayoni, yirik megapolislar sharoitida tarixiy binolarni boshqarish va foydalanish uslublari bilan tanishtirildi.
Tashrif yakunida Sh.Umurzakov Sharafli mehmonlar kitobida o‘zining eng iliq va samimiy tilaklarini yozib qoldirdi

