Mirobod tumanida 2023-yil davomida xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
2023-12-31 18:00:00 / Yangiliklar
2023-yilda “Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga jami 5367 nafar xotin-qizlar kiritilib, ularni qo‘llab-quvvatlashga “Ayollar daftari” jamg‘armasidan 7 471 072 565 so‘m mablag‘ sarflandi.
1-toifadagi 910 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning bandligi taʼminlandi;
2-toifadagi tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan 10 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga Mirobod tumani Xalq banki tomonidan 291 mln. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.
3-toifadagi boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand 1315 nafar xotin-qizlarning har biriga 1,2 mln. so‘mdan bir martalik moddiy yordam berildi.
4-toifadagi 2813 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj, 1- va 2-guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarning barchasiga zaruriy tibbiy yordamlar ko‘rsatildi, shuningdek, 2615 nafariga bir martalik moddiy yordam berildi.
4 toifadagi 2766 nafar xotin-qizlarga tibbiy yordam ko‘rsatildi, 583 nafari ambulator davolandi, 571 nafari zaruriy dori-darmon vositalari bilan taʼminlandi, 19 nafariga jarrohlik amaliyoti uchun amaliy yordam ko‘rsatildi, 63 nafariga davolanishga yo‘llanmalar berildi.
3.1 va 4.1 toifalardagi 20 nafar xotin-qizlarning uy-joyini taʼmirlash uchun 180 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda 8 nafarining uyi sektor rahbarlari tomonidan homiylar yordamida taʼmirdan chiqarildi.
5-toifadagi uy-joyga muhtoj 23 nafar xotin-qizlarga jami 85,5 mln.so‘m miqdorda ijara kompensatsiyalari “Ayollar jamg‘armasi”dan to‘lab berildi, 11 nafari
uy-joy bilan taʼminlandi.
6-toifa - qaramog‘ida nogiron farzandlari bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar tumanda 285 nafarni tashkil etib, ularning har biriga “Ayollar jamg‘armasi”dan bir martalik moddiy yordam pullari ajratildi.
Bundan tashqari, jami 350 nafar xotin-qizlar uchun Samarqand, Buxoro shaharlari bo‘ylab sayohat tashkil etildi.









