Hokimiyat haqida

Tuman haqida
To‘rtko‘l tumani 1927-yil 3-iyulda tashkil topgan. Tuman shimoldan Ellikqal’a tumani, sharqdan Navoiy viloyati, janub va g‘arbdan Xorazm viloyati bilan chegaradosh.
Maydoni 7.48 ming kv.km. Tumanda 1 shahar (To‘rtko‘l shahri, tuman bo‘ysunuvidagi), 34 ta mahalla (Do‘stlik, Yoshlik, Jayhun, Navro‘z, Istiqlol, Anhorli, Yangihayot, Ziyokor, Yashnobod, Bahor, Shodlik, Beruniy, Mash’al, Bazirgan, Yaxtilik, Turkmanko‘li, Mustaqillik, Guliston, Yangiobod, Ibn Sino, Navoiy, Bog‘yop, Miskin, Tozabo‘zyop, Nurota, Turkiston, To‘rtko‘l, Markazobod, O‘zbekiston, Tinchlik, G‘alaba, Toshkent, Nurliyo‘l, Nurli Ullibog‘) va 15 ta ovul fuqarolar yig‘inlari ( Ko‘na To‘rtko‘l, Sho‘raxon, Paxtachi, Yonboshqal’a, Paxtaobod, Kaltaminor, Otauba, O‘zbekiston, Oqqamish, Oqboshli, Otayurt, Ko‘kcha, Ullibog‘, Qumboskan, Tozabog‘yop) bor. Markazi To‘rtko‘l shahri.
2024-yil 1-yanvar holatiga tuman aholisi soni 228,8 ming kishini tashkil etadi. Shundan 85,6ming kishi shaharda, 143,2 ming kishi qishloqda yashaydi.
Tuman drayveri shisha mahsulotlari ishlab chiqarish. Shu bilan birgalikda tuman iqtisodiy negizini paxtachilik tashkil etadi. Shu sababli tuman sanoati ham paxta xomashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan.
“To‘rtko‘l tumani sanoat sohasi bo‘yicha quyidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda:
1. “AGRO TO‘RTKO‘L TEKSTIL CLUSTER” mas’uliyati cheklangan jamiyati – paxta tolalarini tayyorlash va yigirish paxta tozalash zavodi.
2. “TO‘RTKO‘L DON MAHSULOTI” mas’uliyati cheklangan jamiyati – don tegirmoni-yorma sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish.
3. “TO‘RTKO‘L SHISHA IDISHLARI” MChJ – banka va kovak shisha buyumlar ishlab chiqarish.
4. “ZAVOD XOZAGRO” MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasi – qurilish va bog‘lar uchun plastik buyumlar ishlab chiqarish.
5. “TO‘RTKO‘L-TUPROGI” oilaviy korxonasi – kunjutni qayta ishlash.
6. “BARAKA-TEKSTIL GROUP” MChJ – ichki kiyim va to‘qilgan va trikotaj kiyimlar ishlab chiqarish.
7. “CRISTALL MEGA STAR” MChJ – sovun va yuvish vositalari, tozalash va sayqallash preparatlari ishlab chiqarish.
8. “PREMIUM GOLDEN-GRAIN-PRODUCTS” MChJ – tegirmon-yorma sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish.
9.“SUPERMIX REAL” MChJ – shpaklyovka va quruq beton qorishmalari ishlab chiqarish.
10. “TO‘RTKO‘L O‘QUV ISHLAB CHIQARISH” sho‘ba korxonasi – to‘shaklar ishlab chiqarish.
11. “DAYANA” MChJ – g‘isht, cherepitsa va pishirilgan loydan boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarish.
12. “ALKEN TIJORAT” MChJ – ofis va magazinlar uchun mebel ishlab chiqarish.
13. “KOINOT-M” xususiy korxonasi metall eshik va derazalar ishlab chiqarish.
14. “TO‘RTKO ‘L TEMIR BETON BUYUMLARI ZAVODI” MChJ – betondan qurilish uchun buyumlar ishlab chiqarish.
15. “TO‘RTKO‘L SHOX BEKATI” MChJ – g‘isht, cherepitsa va pishirilgan loydan boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarish.
16. “TEMIRYO‘LCHI-MIRZABEK” oilaviy korxonasi – non, xamirdan tayyorlangan qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish.
17. “JO JO KIDS WEAR TEXTILE” MChJ – ichki kiyimlar ishlab chiqarish.
18. “TO‘RTKO‘L UNIVERSAL ULGURJI SAVDO BAZASI” MChJ – non, xamirdan tayyorlangan qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish
19. “BARAKAT-TO‘RTKO‘L” MChJ – non, xamirdan tayyorlangan qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish.
20. “TO‘RTKO‘L BINOKORI” MChJ – g‘isht, cherepitsa va pishirilgan loydan boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarish.
21. “DON-NON NE’MAT” MChJ – non, xamirdan tayyorlangan qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish.
22. “XAMDAM-SAIDA NON” oilaviy korxonasi – non, xamirdan tayyorlangan qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish.
23. “ASL POLITELEN QOG‘OZ SAVDO” MChJ – xo‘jalik-maishiy va sanitariya-gigiyenaga mo‘ljallangan qog‘oz buyumlar ishlab chiqarish.
24. “MATBAO-MUXR” ishlab chiqarish korxonasi – bosmaxona va boshqa toifalarga kiritilmagan boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish.
25. “ROZUMBOY-CHOPCHI” oilaviy korxonasi – toshni kesish, ishlov berish va pardozlash.
26. “TURTKUL-NAVIGATOR” xususiy korxonasi – havo transporti sohasidagi xizmatlar.
27. “SARDOR-MEBEL” oilaviy korxonasi – oshxona uchun mebel ishlab chiqarish.
28. “TUYAMO‘YIN-G‘ULOM-SUV-XIZMATI” oilaviy korxonasi – spirtsiz ichimliklar ishlab chiqarish, gazlangan va boshqa suvlar ishlab chiqarish.
29. “M-JELEGANT” MChJ – poyabzal ishlab chiqarish.
30. “PAXTAOBOD BIOGOMUS” – oilaviy korxonasi o‘g‘itlar ishlab chiqarish.
Paxtachilikdan tashqari g‘allachilik, chorvachilik, ipakchilik, bog‘dorchilik, sabzavot va polizchilik ham rivojlangan.
To‘rtko‘l tumani hokimligida 26 nafar xodim faoliyat yuritadi:
- To‘rtko‘l tumani hokimi
- To‘rtko‘l tumani hokimining moliya iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i
- To‘rtko‘l tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
- To‘rtko‘l tumani hokimining o‘rinbosari – investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i
- To‘rtko‘l tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i
- To‘rtko‘l tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
- To‘rtko‘l tumani hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i
- To‘rtko‘l tumani hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari
- To‘rtko‘l tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi
- To‘rtko‘l tumani hokimligi devonxona mudiri
- To‘rtko‘l tumani hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va
ma’naviy-ma’rifiy ishlar masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi - To‘rtko‘l tumani hokimligi ijro intizomi nazorat bo‘linmasi bosh mutaxassisi
- To‘rtko‘l tumani hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi yetakchi mutaxassisi
- To‘rtko‘l tumani hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi 1-toifali mutaxassisi
- To‘rtko‘l tumani hokimligi qurilish, kommunikatsiyalar kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi
- To‘rtko‘l tumani hokimligi qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi
- To‘rtko‘l tumani hokimligi qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi
- To‘rtko‘l tumani hokimining yordamchisi
- To‘rtko‘l tuman hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi
- To‘rtko‘l tumani hokimligi tuzilmasida raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejeri
- To‘rtko‘l tumani hokimligi axborot xizmati rahbari
- To‘rtko‘l tumani hokimligi bosh hisobchisi
- To‘rtko‘l tumani hokimligi oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi
- To‘rtko‘l tumani hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi
- To‘rtko‘l tumani hokimligi qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi
- To‘rtko‘l tumani hokimligi devonxonasi mutaxassisi
