"Keksalar uchun turizm oyligi"
2025-11-05 10:00:00 / Yangiliklar

"Keksalar uchun turizm oyligi"
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 340-sonli qarori bilan har yili noyabr oyi "Keksalar uchun turizm oyligi" deb e’lon qilingani munosabat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi "Nuroniy" jamg‘armasi xomiyligida, “Aqchako‘l travers” turistik firma hamkorligida 4-noyabr kuni To‘rtko‘l tumanidan 50 nafar nuroniyning Xiva shahriga sayohati tashkil qilindi.
Sayohat davomida nuroniylar tarixiy va ko‘hna shahar-Xivaning "Ichan qal’a", “Kaltaminor”, “Ko‘hna ark saroyi”, “Xon qarorgohi”, “Muhammad Feruzxon madrasasi” kabi tarixiy obidalariga, "Pahlavon Mahmud" maqbarasi, “Uch avliyo”, “Qaytarmish ota” ziyoratgohlariga sayohat qilishdi. “Sherg‘ozixon madrasasi”da tashkil qilingan “Xukumdor va shoir” muzeyida Maxtumquli, Ajiniyaz, Beket ota o‘qigan davrlari va ijodidan namunalarni ko‘rib, tomosha qilishdi.
Nuroniylar uchun tushlik “Ichan kal’a” oshxonasida tashkil qilindi. Tushlikdan keyin tarixiy va zamonaviylik uyg‘unlashib, barpo qilingan, Xiva shahrining yana bir turistik maskaniga aylangan, 25 gektar maydonda joylashgan, “Ko‘k ko‘l” ko‘lining bo‘yida joylashgan mehmonxona, restoran, sharq bozori, akvapark, musiqali fontan, 3 ming kishiga mo‘ljallangan amfiteatr, “Ko‘hna Urganch” muzeyi va bir qancha kinoteatr, konsert zallari, zargarlik, hunarmandchilik savdo do‘konlaridan iborat “Arda Xiva”(Mangu Xiva) madaniy xordiq chiqarish majmuasiga tashrif buyurib, tomosha qilishdi va maroqli dam olishdi. Nuroniylar sayohat uchun davlatimiz rahbari, Respublikasi "Nuroniy" jamg‘armasiga o‘z minnatdorchiligini bildirib, yurt tinchligi, davlatimiz gullab-yashnashini so‘rab duoga qo‘l ochishdi.








