ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI
2025-10-27 10:05:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, qonun ustuvorligi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashdek o‘ta mas’uliyatli vazifani bajarish yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan ichki ishlar xodimlarining o‘z o‘rni bor.
Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek:
“Agar davlat tayanadigan asosiy ustun qonun bo‘lsa, uning kuchini amalda namoyon etadigan eng samarali tizim bu – ichki ishlar sohasi.”
To‘rtko‘l tumani hokimligi katta majlislar zalida “Ichki ishlar xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda To‘rtko‘l tumani hokimi I.Xudaybergenov so‘zga chiqib, soha xodimlarini bayram bilan tabrikladi.
Shundan keyin o‘z ish faoliyatida kasbdoshlari o‘rtasida namuna ko‘rsatgan soha vakillari tuman hokimligining qimmatbaho sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.







