Davlat tili masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot
2025-10-11 14:15:00 / Yangiliklar

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining yettita ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib belgilangan media rejaga asosan To‘rtko‘l tumani hokimligi konferensiya zalida "Davlat tili haqidagi hujjatlarning ijrosi» mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tegishli tashkilotlarning mas’ullari hamda tumandagi ommaviy axborot vositalari (OAV) vakillari ishtirok etdi.
Muloqotda To‘rtko‘l tumani hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi G. Nazarova mavzu yuzasidan batafsil ma’ruza qildi.
Shuningdek, muhokamalarda "To‘rtko‘lnoma" gazetasi muharriri O‘. Nurullaeva, "Mekan" gazetasi muharriri A. Abaev va tuman axborot resurs markazi xodimi M. Yusupovalar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, davlat tilining ijtimoiy hayotdagi o‘rnini yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflar berishdi.
Tashkilotlardan tashrif buyurgan soha mutaxassislari ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzu yuzasidan zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Bu kabi ochiq muloqotlar davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlash va til madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.







