Matbuot_anjumani
2025-08-16 12:00:00 / Yangiliklar

Yoshlar tadbirkorligi: Yangi imkoniyatlar sari!
"Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi" doirasidagi media-reja asosida To‘rtko‘l tumani hokimligida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjuman "Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-62-sonli qaror ijrosiga bag‘ishlandi.
Tadbirda tuman hokimi I. Xudaybergenov, mahalliy OAV vakillari hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.
Tuman hokimi o‘z nutqida yosh tadbirkorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida so‘z yuritib, tuman yoshlarini bu imkoniyatlardan yanada kengroq foydalanishga chorladi. To‘rtko‘l tumani Yoshlar ishlari bo‘limi bosh mutaxassisi B.Jumaniyazov qaror ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar va kelajakdagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Matbuot anjumani savol-javoblar ruhida o‘tdi. Ishtirokchilar yosh tadbirkorlar faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.









