Olis hududdagi maktabda "A’LO MAKTAB - 2025" LOYIHASI:
2025-08-08 10:00:00 / Yangiliklar

Olis hududdagi maktabda "A’LO MAKTAB - 2025" LOYIHASI: Birinchi yarim yillik natijalar tahlili To‘rtko‘l tumanida o‘tkazildi
◾️ Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’limning sifatini oshirish, maktablarda innovatsion yondashuvlarni joriy etish maqsadida amalga oshirilayotgan "A’lo maktab" loyihasining I yarim yillik yakunlari bo‘yicha amaliy-uslubiy respublika seminari bo‘lib o‘tdi.
➖ Seminar To‘rtko‘l tumanidagi olis hududidagi 50-sonli umumiy ta’lim maktabida tashkil etildi va "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida amalga oshirildi. (Maktab poytaxtimizdan 240 kilometr, tuman markazidan esa 70 kilometr masofada joylashgan, Qumboshgan OFY)
◾️ Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining bir qator mas’ul xodimlari hamda "A’lo maktab" loyihasining IV guruhiga kiruvchi Beruniy, Ellikqal’a va To‘rtko‘l tumanlaridan maktab direktorlari ishtirok etdi.
