Hokim har kungi ishini Xalq qabulxonasidan boshlamoqda
2025-07-08 12:00:00 / Yangiliklar

Prezidentimizning topshirig‘iga ko‘ra, endilikda viloyat va tuman hokimlari Xalq qabulxonalariga shaxsan rahbarlik qilib, har kungi ishini aholining dardu tashvishlarini eshitishdan boshlaydilar.
Bu tashabbus xalq va davlat organlari o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash, muammolarni tezkor hal etishga qaratilgan muhim qadamdir.
Turtko‘l tumanida ham ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, tuman hokimi I.Xudaybergenov Xalq qabulxonasi binosida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilmoqda. Bugungi qabulda 5 nafar fuqaroning murojaatlari tinglanib, ularning qonuniy hal etilishi uchun tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar berildi.
Hokimlik ushbu tashabbus orqali xalqqa yaqin bo‘lish, ularning muammolariga yechim topish va hayot sifatini yaxshilash yo‘lida doimiy sa’y-harakat qilmoqda. Aholi bilan ochiq muloqot va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa – bugungi kunning asosiy talabidir.




