Jöqorği Kenges Raisi Törtköl tumani yoşlari bilan muloqot qildi
2026-11-06 19:55:00 / Yangiliklar

Jöqorği Kenges Raisi Törtköl tumani yoşlari bilan muloqot qildi
Yoşlar bilan oçiq muloqot qiliş, ularning muammolarini joyida örganiş va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş davlatimiz yoşlar siyosatida muhim örin tutadi. Ayniqsa, «Har payşanba — Yoşlar kuni» doirasida taşkil etilayotgan uçraşuvlar yoşlarni qiynayotgan masalalarga yeçim topiş, ular uçun yangi imkoniyatlar yaratişga xizmat qilmoqda.
Bugun Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev Törtköl tumanida bölib, işsiz hamda otaliqqa olingan yoşlar bilan muloqot ötkazdi.
Suhbat davomida yoşlarning bandligini ta’minlaş, ularni kasb-hunarga yönaltiriş, tadbirkorlik faoliyatini boşlaş va rivojlantiriş, imtiyozli kreditlardan foydalaniş hamda ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Yoşlar ham özlarini qiziqtirgan savollar, mavjud muammolar va kelgusida amalga oşirişni rejalaştirayotgan taşabbuslari bilan örtoqlaşdi. Ularning har bir murojaati va takliflari atrofliça tinglanib, tegişli yönalişlar böyiça mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Jöqorği Kenges Raisi kötarilgan masalalarni e’tiborsiz qoldirmaslik, yoşlarning bandligini ta’minlaş va ularning taşabbuslarini amaliy qöllab-quvvatlaş zarurligini ta’kidladi. Murojaatlarning ijobiy hal etilişi şaxsiy nazoratga olindi.
Albatta, bunday oçiq muloqotlar yoşlarning davlat idoralariga bölgan işonçini mustahkamlaş, ularning hayotda öz örnini topişi va salohiyatini röyobga çiqarişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kanalğa ağza bolio‘: @joqargikenes






