Kelgusi yil hosili uçun puxta poydevor: Törtkölda ilğor agrotexnik tadbirlar amalda
2026-11-07 14:00:00 / Yangiliklar

Kelgusi yil hosili uçun puxta poydevor: Törtkölda ilğor agrotexnik tadbirlar amalda
Qoraqalpoğiston Respublikasi Törtköl tumani Tozaboğyop OFY hududidagi “Namunali Temur” fermer xöjaligi dala maydonida 2027-yil hosili uçun kuzgi şudgorlaş işlariga bağişlangan körgazmali seminar bölib ötdi.
Mazkur muhim tadbirda tuman hokimi I. Xudaybergenov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Uruğçilik markazi rahbari I. Yunusov, tuman qişloq xöjaligi korxona va taşkilotlari rahbarlari hamda tumandagi fermer xöjaliklari rahbarlari iştirok etdilar.
Joriy yilda tuman böyiça jami 8 000 gektar maydonda şudgorlaş işlarini amalga oşiriş rejalaştirilgan bölib, bugungi kunda bu jarayonga 60 ta yuqori unumdor haydov traktorlari jalb etilgan.
Seminarda qişloq xöjaligida zamonaviy texnikalar samaradorligini oşiriş masalasiga alohida töxtalib ötildi. Kiçik kontur maydonlarni birlaştirib, yirik maydonlarga aylantiriş tavsiya etildi.
şuningdek, 2027-yil hosili uçun "Bioçar" usulida organik öğitlar yaratiş va ulardan samarali foydalaniş böyiça mutaxassislar tomonidan tegişli tavsiya va körsatmalar berildi.
Tadbir davomida kuzgi şudgorlaş işlarini öz vaqtida, sifatli va agrotexnika qoidalariga töliq amal qilgan holda yakunlaş, yer unumdorligini oşiriş yuzasidan amaliy tuşuntirişlar berilib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.









