Aholi murojaatlari e’tiborda
2026-10-30 12:45:00 / Yangiliklar

Aholi murojaatlari e’tiborda
Bugun tuman hokimi I.Xudaybergenov hamda tuman hokimi o‘rinbosari I.Jumabayeva tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida aholidan moddiy yordam, salomatlikni tiklash uchun order ajratish, uy-joy kadastri, imtiyozli kredit olish hamda doimiy ish bilan ta’minlanish kabi turli masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Har bir murojaat tegishli soha mas’ullari ishtirokida atroflicha o‘rganilib, fuqarolarga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi. Vaqt va qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar ijrosi nazoratga olindi.
—-









