"QADR CHORRAHASI..."
2026-10-30 18:00:00 / Yangiliklar

Yangi kitob
"QADR CHORRAHASI..."
Kitobga bo‘lgan mehr va intilish kuni kecha xorazmlik va to‘rtko‘llik kitobsevarlarni tuman hokimligi kichik majlislar zaliga chorladi. U yerda taniqli jurnalist, iqtidorli shoira, "To‘rtko‘lnoma" gazetasi muharriri O‘g‘iljon Nurullayevaning "Qadr chorrahasi" shuningdek, ko‘plab taniqli va boshlovchi ijod ahlining ijod namunalarini yig‘gan "Olis yaqin manzillar" kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotni tuman hokimi yoshlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Bobur Yangiboyev kirish so‘zi bilan ochdi.Taqdimotda so‘zga chiqqan taniqli jurnalist "Do‘stlik" ordeni sohibi Ro‘zimboy Hasan bugungi kunda kitobxon yoshlarni uyushtirish, ularning yangi ijodlarini rag‘batlantirishda albatta bugungidek hokimlikning o‘rni va ijobiy harakatlari judayam beqiyos ekanligini aytib o‘tdi. istedodli shoir tarjimon, noshir Erpo‘lat Baxt, "Hurriyat" gazetasi muxbiri Feruza Tangriberganova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Jonibek Settiyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Sardor Sultanov, jurnalist Shirinoy Razzoqova, shoiralar Munavvara Yusupova, Begoyi Allaberganova, Zuhra Yangiboyeva, Tohir Ro‘ziboyea, Ra’no Aminova va boshqalar so‘zga chiqib kitobga bo‘lgan hurmat, e’tibor, uning har birimizning hayotimizda tutgan o‘rni haqida gapirdilar. Taqdimotda ijodkorlar yangi yozilgan she’ridan o‘qidilar. Mushoira bir piyola choy ustida davom etdi.









