XALQ DEPUTATLARI TO‘RTKO‘L TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI 30-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
2026-10-30 20:05:00 / Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI TO‘RTKO‘L TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI 30-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi depututlari, tegishli tashkilot mas’ullari va OAV vakillari ishtirok etdi. Sessiya majlisini Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi R.Abdullayev boshqarib bordi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining To‘rtko‘l tumanidagi Xalq qabulxonasining 2026-yil Sh-chorak yakunlari bo‘yicha axboroti to‘g‘risida tuman hokimi I.Xudaybergenov va’ruza qildi.
2. To‘rtko‘l tumani prokurorining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida havfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman prokurori S. Yakubov axborot berdi.
3. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman IIB bo‘limi boshlig‘i M. Muratov ma’ruzasi tinglandi.
4. To‘rtko‘l tumanidagi mahallalarda 2026-yil 9 oyi davomida Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining ijrosi to‘g‘risida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i F. Nurumov ma’ruza o‘qidi.
5. To‘rtko‘l tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027 yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qo‘yish to‘g‘risida
tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari M.Xalmuratov ma’ruzaga chiqdi.
6. Tuman mahalliy byudjetining 2026 yil 9 oylik ijrosi to‘g‘risida.
7. To‘rtko‘l tumanida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026 yil Sh-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
8. To‘rtko‘l tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
9. To‘rtko‘l tumani mahalliy byudjetining maqbullashtirilgan mablag‘larini yetishmayotgan ish haqi xarajatlariga yo‘naltirish to‘g‘risida.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli Farmoniga asosan tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B. Matchanov nutq so‘zladi.
11. Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining 2026-yil 7-may VII-24-49-13-190-K/26-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan To‘rtko‘l tumanidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun yakuniy manzilli ro‘yxat to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U.Minajev
ma’ruza qildi.
Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya jarayoni tuman hokimligining Facebook (https://www.facebook.com/turtkultumani.AxborotXizmati) sahifasi orqali bevosita olib ko‘rsatildi.



















