Rahbar va yoshlar uchrashuvi: Muammo va takliflar tinglandi
2026-10-08 14:00:00 / Yangiliklar

Rahbar va yoshlar uchrashuvi: Muammo va takliflar tinglandi
Har haftaning payshanba kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Yoshlar kuni" munosabati bilan bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti To‘rtko‘l fakultetida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi I.Xudaybergenov, tuman prokurori S.Yakubov, tuman soliq bo‘limi rahbari hamda hokim o‘rinbosarlari ishtirok etib, yoshlar bilan yaqindan muloqot qildilar.
So‘zga chiqqan rahbarlar mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun berilayotgan keng imtiyozlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, yangi tashabbus va g‘oyalar bilan faol qatnashdilar.
Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar mas’ullar tomonidan qabul qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish va ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.








