Fuqarolar murojaatlari — doimiy e’tiborda
2026-10-07 14:00:00 / Yangiliklar

Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi binosida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Ismailov va hokim o‘rinbosari B.Yangibayev ishtirokida navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Ochiq va samimiy o‘tgan qabulda fuqarolar tomonidan ijtimoiy masalalarga oid yo‘nalishlarda murojaatlar tushdi.
Qabul davomida har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Yechimi vaqt va qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

