O‘lmas san’atga ehtirom: To‘rtko‘lda buyuk hofiz Otajon Xudoyshukurov tavalludining 82 yilligiga bag‘ishlangan “Ustozga ehtirom” badiiy kechasi bo‘lib o‘tdi
2026-10-03 14:00:00 / Yangiliklar

O‘lmas san’atga ehtirom: To‘rtko‘lda buyuk hofiz Otajon Xudoyshukurov tavalludining 82 yilligiga bag‘ishlangan “Ustozga ehtirom” badiiy kechasi bo‘lib o‘tdi
Bugun To‘rtko‘l tumani O.Xudoyshukurov nomidagi madaniyat saroyida san’at shinavandalari uchun unutilmas, fayzli va ko‘tarinki ruhga boy kun bo‘ldi. Bu yerda milliy qo‘shiqchilik san’atimizning afsonasi, O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Tatariston va Turkmaniston xalq artisti, Davlat mukofoti sovrindorining 82 yilligiga bag‘ishlangan “Ustozga ehtirom” nomli xotira va badiiy kecha tashkil etildi.








