1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni”
2026-09-30 15:00:00 / Yangiliklar

1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni”
Ustoz va murabbiylar – millatning ma’naviy qanoti, yurt taraqqiyotining poydevoridir!
Bugun To‘rtko‘l tumanida yurtimizning eng ulug‘, eng sharafli bayramlaridan biri – «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» yuksak shukuh va o‘zgacha fayz bilan nishonlandi!
Tadbirni tuman hokimi I.Xudaybergenov ochib berib, kelajak avlodga ta’lim va tarbiya berishdek mashaqqatli hamda sharafli kasb egalarini bayram bilan qizg‘in tabrikladi.
Tabrik so‘zida so‘nggi yillarda tumanda ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, zamonaviy bilim dargohlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda ulkan o‘zgarishlar alohida e’tirof etildi.









