To‘rtko‘l tumanida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2026-09-21 10:55:00 / Yangiliklar

To‘rtko‘l tumanida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Tuman hokimi I.Xudaybergenov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning sentyabr oyidagi videoselektorlarida berilgan topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Xususan, tumanda aholinining ehtiyojmand qatlamini kambag‘allikdan chiqarish maqsadida ularning bandligini ta’minlash orqali daromadlarini oshirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Shu bilan bir qatorda ijro intizomini mustahkamlash, korrupsiya, ta’magirlik va xizmat mavqeini suiste’mol qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, har bir noqonuniy harakat qonun doirasida jazolanishi muqarrarligi va har bir rahbar jamoasida bunday illatlarning oldini olishi lozimligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida barcha vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olindi.









