To‘rtko‘lda ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi
2026-09-12 15:00:00 / Yangiliklar

To‘rtko‘lda ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Amanjol Ayapov To‘rtko‘l tumani 77-sonli maktabda ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan majlis o‘tkazdi.
Majlisda ta’lim sifatini oshirish, pedagoglar mas’uliyatini kuchaytirish, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, maktab va bog‘chalarda xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ta’lim muassasalarida tartib-intizomni mustahkamlash, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish va profilaktik ishlarni kuchaytirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Maktab va bog‘chalarda "Milliy burchak"larni talab darajasida tashkil etish va bezatish, xalqaro grant va loyihalarda faol ishtirok etish hamda ta’lim muassasalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Majlis yakunida mutasaddilarga belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.






