XALQ DEPUTATLARI TO‘RTKO‘L TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI 29-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
2026-09-10 14:00:00 / Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI TO‘RTKO‘L TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI 29-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi depututlari, tegishli tashkilot mas’ullari va OAV vakillari ishtirok etdi. Sessiya majlisini Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi R.Abdullayev boshqarib bordi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1. “To‘rtko‘l tumanida 2026-yil 2-mavsumda Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Ochiq byudjet” axborot portali orqali eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflar uchun mablag‘lar ajratish to‘g‘risida.
2. To‘rtko‘l tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
3. To‘rtko‘l tumani mahalliy byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va muassasalarining byudjeti parametrlarida ajratilgan mablag‘lar doirasida harajatlarni maqbullashtirilgan qismini ish haqi va yagona ijtimoiy soliq bo‘yicha yetishmagan qismiga yo‘naltirish to‘g‘risida.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli Farmoniga asosan tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
5. Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining 2026-yil 28-fevraldagi VII-22-22-13-190-K/26-sonli “To‘rtko‘l tumani mahalliy byudjetining 2025-yilning erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish bo‘yicha tuman hokimligining taklifini ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qaroriga tuzatish kiritish to‘g‘risida
6.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati tomonidan To‘rtko‘l tumani bo‘yicha tashabbusli byudjet jarayonining 2026 yil ikkinchi mavsumida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra g‘olib bo‘lmagan loyixani qo‘shimcha g‘olib deb e’lon qilish haqida.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B. Matchanov ma’ruza qildi.
7. Tumanda ichimlik suvi ta’minoti tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha “Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJ To‘rtko‘l tumani filiali boshlig‘i U.Ayitbaevning hisoboti tinglandi.
Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya jarayoni tuman hokimligining Facebook (https://www.facebook.com/turtkultumani.AxborotXizmati) sahifasi orqali bevosita olib ko‘rsatildi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri efir:
https://www.facebook.com/share/v/19bpXbqNhC/
Jonli efirdan yozib olindi:
https://www.facebook.com/share/v/18FeUQCEN/









