XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGAShINING NAVBATDAGI 28-SESSIYaSI BO‘LIB O‘TDI
2026-08-24 18:00:00 / Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGAShINING NAVBATDAGI 28-SESSIYaSI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashining navbatdagi 28-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyani Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashi raisi R.Abdullaev ochib berdi va olib bordi. Sessiya kun tartibida 13 ta masala ko‘rib chiqildi.
1. “To‘rtko‘l tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2026 yil 1-iyul holatiga amalga oshirilgan ishlari, hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati to‘g‘risida
Ma’ruzachi: I.Xudaybergenov – tuman hokimi
2. To‘rtko‘l tumanida yangi barpo etilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish to‘g‘risida;
3. To‘rtko‘l tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasa va tashkilotlarining mikrohududlari to‘g‘risida;
4. To‘rtko‘l tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasa va tashkilotlarining 2026-2027 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi to‘g‘risida.
Ma’ruzachi: U.Allabergenov – tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i
5. To‘rtko‘l tumani hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf qilish borasida 2026-yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
Ma’ruzachi: X.Egamov – tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i
6. To‘rtko‘l tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
7. To‘rtko‘l tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida
Ma’ruzachi: B. Matchanov -tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy byudjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, byudjet intizomini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-387-sonli qarorining ijrosi yuzasidan To‘rtko‘l tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ko‘rsatiladigan obodonlashtirish va maishiy chiqindi xizmatlari uchun to‘lov tariflari miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida
Ma’ruzachi: U.Minajev-tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
9. Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashinitng 2024-yil 12-iyuldagi VI-82-108-13-190-K/24-sonli,
10. 2024-yil 1-avgustdagi VI-83-119-13-190-K/24-sonli qarorining ilovasiga tuzatish kiritish to‘g‘risida.
Ma’ruzachi: M.Matniyazov - Davlat kadastrlari palatasi To‘rtko‘l tumani filiali boshlig‘i
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026 yil 14-avgustdagi KQ-379-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
Ma’ruzachi: M.Urazimbetov- Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashi Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi
12. O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan imoratlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonunining To‘rtko‘l tumanida amalga oshirilishi jamoatchilik nazorati guruhi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari sessiyalarida mas’ul davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha axborot (hisobot)lari eshitishini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari haqida”gi KQ-360-V-sonli qarori to‘g‘risida.
Ma’ruzachi: R.Abdullaev- Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashi raisi
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar ishtirokida muhokamalar o‘tkazildi va qarorlar qabul qilindi. Shuning bilan Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashining navbatdagi 28-sessiyasi o‘z ishini yakunladi. Sessiya tuman hokimligining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarida yoritib borildi.







