Aholi murojaatlari ochiq muloqot asosida ko‘rib chiqildi
2026-08-21 14:00:00 / Yangiliklar

Aholi murojaatlari ochiq muloqot asosida ko‘rib chiqildi
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Axmedova ishtirokida To‘rtko‘l tumanida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan qabul davomida fuqarolarning murojaatlari bevosita tinglanib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish va amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot jarayonida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, oilaviy sharoitini yaxshilash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘mak ko‘rsatish, shuningdek, boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Har bir murojaat bo‘yicha mas’ul tashkilot va mutasaddilarga tegishli vazifalar belgilab berilib, muammolarni qonuniy va amaliy jihatdan hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rish topshirildi.
Bunday ochiq muloqotlar aholining murojaatlarini joyida o‘rganish, fuqarolar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish hamda ularning muammolariga manzilli yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Eng muhimi, qabul davomida bildirilgan har bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligi, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va ularni qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.




