Sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-08-07 14:00:00 / Yangiliklar

Bugun Xalq qabulxonasining tuman bo‘limi binosida tuman hokimi I.Xudaybergenov hamda tuman hokimi o`rinbosari I.Jumabayevaning fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida fuqarolardan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va salomatlikni tiklash,
uy-joy bilan ta`minlash masalalari, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlik masalalari yo‘nalishlarida murojaatlar kelib tushdi.
Qabul davomida ko‘tarilgan har bir masala atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha soha mas’ullariga aniq topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.



