FUQAROLAR MUROJAATLARI DIQQAT MARKAZIDA
2026-08-05 12:00:00 / Yangiliklar

FUQAROLAR MUROJAATLARI DIQQAT MARKAZIDA
Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi binosida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Ismailov va hokim o‘rinbosari B.Yangibayev ishtirokida navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Ochiq va samimiy o‘tgan qabulda fuqarolardan ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, moddiy yordam ajratish, kadastr va mulk huquqiga oid yo‘nalishlarda masalalar ko‘tarildi.
Qabul davomida har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Yechimi vaqt va qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.



