Fuqarolar murojaatlari e’tiborda
2026-08-04 12:00:00 / Yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari e’tiborda
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimi o‘rinbosari A.Sultanov ishtirokida fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar sinchkovlik bilan eshitilib, ularni joyida va qonuniy hal etish choralari ko‘rildi.
Xususan, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy nizolar oqibatida yuzaga kelgan aliment undirish masalasi hamda bola nafaqa pulini ajratish va rasmiylashtirish jarayoni yuzasidan masalalar o‘rganildi.
Ijrosi vaqt va qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli soha mas’ullariga aniq topshiriq va muddatlar belgilanib, nazoratga olindi.
Aholi farovonligi va ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasidagi bu kabi qabullar muntazam davom ettiriladi.


