#qabul bo‘lib o‘tdi
2026-07-17 14:00:00 / Yangiliklar

#qabul bo‘lib o‘tdi
Bugun Toʼrtko‘l tumani Xalq qabulxonasi binosida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va uni qonuniy tartibda yechish maqsadida tuman hokimi o‘rinbosari I. Jumaboyeva tomonidan qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ijtimoiy yordam, uy ta’miri, salomatligini mustahkamlash, sog‘ligini tiklash hamda kadastr masalalari kabi muammolarni tezkor, samarali va qonuniy tartibda hal qilish maqsadida tegishli soha rahbarlariga topshirildi. Bir qancha murojaatlar joyida hal qilingan bo‘lsa, muddat talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.



