“Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan
2026-07-16 14:00:00 / Yangiliklar

“Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan
Davlatimiz rahbarining yoshlarga qaratayotgan doimiy e’tibori hamda “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida To‘rtko‘l tumanidagi o‘quv markazida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda To‘rtko‘l tumani hokimi I. Xudaybergenov, tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik M.Muratov, tuman Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi boshlig‘i D. Gapurov hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar, muammo va takliflarini erkin bayon etdilar. Murojaatlar atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli idora va tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
Bu kabi ochiq muloqotlar yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va davlat hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga xizmat qiladi.




