To‘rtko‘lda «Ayollar daftari» 7-bosqichi doirasida o‘quv-seminar tashkil etildi
2026-07-15 18:00:00 / Yangiliklar

To‘rtko‘lda «Ayollar daftari» 7-bosqichi doirasida o‘quv-seminar tashkil etildi
To‘rtko‘l tumani hokimligida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va muammolarini tizimli hal etishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarni O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston kengashi raisi U. Jalmenov olib bordi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I. Jumaboyeva, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i F. Nurimov, sohaviy kasaba uyushmalari vakillari hamda xotin-qizlar faollari qatnashdi.
Seminar davomida xotin-qizlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini rivojlantirish, tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish sifatini oshirish hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi psixologlari tomonidan xotin-qizlar uchun treninglarni mazmunli tashkil etish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.
Tadbir so‘nggida hududlarda «Ayollar daftari» tizimidagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish va ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.







