AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH– ASOSIY VAZIFA
2026-07-14 17:00:00 / Yangiliklar

AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH– ASOSIY VAZIFA
Bugun To‘rtko‘l tumani hokimligida aholi murojaatlari bilan qonuniy tartibda ishlash va ularning muammolarini tizimli hal etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi mudirining o‘rinbosari Allabergenova Nilufar Reimbaevna ishtirok etdi.
Tadbir davomida tuman hokimi o‘rinbosarlari va sohaviy tashkilotlar rahbarlari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazilib, har bir soha mas’ulining bugungi kundagi ish faoliyati samaradorligi hamda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolar atroflicha tahlil qilindi. Yig‘ilishda asosiy e’tiborhar bir kelib tushayotgan murojaatni yuzaki emas, balki qonun doirasida va sifatli o‘rganib chiqish, aholini qiynayotgan muammolarni joyida bartaraf etish orqali Xalq qabulxonalari va davlat idoralariga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlashga qaratildi.
Shuningdek, murojaatlar eng ko‘p kelib tushayotgan sohalar bo‘yicha muammolarning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilishi ta’kidlandi. Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi murojaatlar bo‘limi boshlig‘i Abdulla Ayimbetov ham ishtirok etib, aholi murojaatlarini ijobiy hal etishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar va tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari va tavsiyalarini o‘rtoqlashdi.









