TO‘RTKO‘L TUMANI SPORT MAKTABIDA KARATE WKF BO‘YICHA HOKIM KUBOGI MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI
2026-07-13 14:00:00 / Yangiliklar

TO‘RTKO‘L TUMANI SPORT MAKTABIDA KARATE WKF BO‘YICHA HOKIM KUBOGI MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI
To‘rtko‘l tumani sport maktabida sportning Karate WKF turi bo‘yicha Hokim kubogi musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuman va shaharlaridan hamda Xorazm viloyatidan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etdi. Bellashuvlarda 300 nafardan ziyod o‘g‘il va qiz sportchilar o‘zaro kuch sinashib, sport mahoratlarini namoyon etdilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan tantanali ravishda diplom, medal hamda qimmatbaxo sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, karate sport turini ommalashtirish hamda iqtidorli sportchilarni kashf etishga xizmat qildi.
G‘olib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusi musobaqalarda ularga ulkan zafarlar tilaymiz!





