🏆 "Hokim kubogi" start oldi!
2026-07-12 20:00:00 / Yangiliklar

🏆 "Hokim kubogi" start oldi!
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda mehnat jamoalari o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan an’anaviy "Hokim kubogi" sport musobaqalariga tantanali ravishda start berildi.
Hozirda tumandagi korxona, tashkilot va muassasa jamoalari g‘oliblik shohsupasi va bosh sovrin yo‘lida o‘zaro qizg‘in va murosasiz bahslarga kirishganlar.
Bahslar nafaqat g‘oliblik uchun, balki o‘zaro do‘stlik va jipslikni namoyon etish maydoniga aylandi.
Barcha jamoalarga omad yor bo‘lsin! Eng kuchli, ahil va chaqqon jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritsin!







